Tramvay yo‘nalishida avtobus harakati yo‘lga qo‘yildi

Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasining Buyuk ipak yo‘li chorrahasidan Turkiston ko‘chasigacha bo‘lgan qismida ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli xavfsizlik nuqtayi nazaridan 1-sonli “Temiryo‘l vokzali-Sartepa maskani” yo‘nalishidagi tramvaylar harakati to‘xtatilgan edi.
Tramvay harakati to‘xtatilgan davrda yo‘lovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida T1-sonli “Temiryo‘l vokzali-Sartepa maskani” yo‘nalishida o‘rta sig‘imli avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi. Yo‘lovchilardan ushbu avtobuslar xizmatidan foydalanishni tavsiya etamiz.
Eslatib o'tamiz, ta'mirlash ishlari yakuni bilan tramvaylar harakati qayta tiklanadi.