Transport infratuzilmasi takomillashtiriladi

07.07.2022

“Simetra” xorijiy kompaniyasi, O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligi hamkorlikda Samarqand shahri transport infratuzilmasini yaxshilash, jamoat transporti xizmat sifatini oshirish, yo‘llardagi tirbandliklarni kamaytirish bo‘yicha loyiha ishlab chiqqanligi haqida xabar berib kelmoqdamiz. Bugungi kunda ushbu loyiha amalga tadbiq etish jarayonida.

 

Viloyat Matbuot uyida transport infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan loyihani keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani tashkil qilindi.

 

Ahamiyatlisi, matbuot anjumani You Tube tarmog‘ida jonli tarzda efirga uzatilib, loyihadan o‘rin olgan masalalar keng jamoatchilikka taqdim etildi. Tadbirda boshqarma boshlig‘i vazifasini bajaruvchi A.Ashurov jamoat transporti xizmat sifatini oshirishga qaratilgan rejalar, avtobuslarda raqamli boshqaruv - JPS kuzatuv tizimini joriy etilishi haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, ATTTO elektron to‘lov tizimini joriy etilishi, chorrahalarda o‘tkazuvchanlikni oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

 

Muhokama davomida jurnalist va blogerlarning savollariga javob berilib, ular tomonidan ilgari surilgan takliflar e’tiborga olinishi aytib o‘tildi.

 

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati