Transport korxonalari bo‘ylab Press tur

05.09.2023

Aholiga jamoat transporti - avtobuslarda transport xizmatini ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Samarqand viloyati transport boshqarmasi tomonidan jurnalist va bloger uchun Press tur uyushtirildi.
Jurnalistlar dastlab “Samarqandyo‘lovchitrans” davlat korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Unda ommaviy axborot vositalari vakillariga “Samarqandyo‘lovchitrans” davlat korxonasi Bosh muhandisi A.Samotov hamrohlik qilib, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Keyingi manzil “Maroqand trans 777” mas’uliyati cheklangan jamiyati avtosaroyi bo‘ldi. Jamiyat ta’sischisi F.Jo‘rayev jurnalist va blogerlarga korxona tomonidan Xitoy Xalq Respublikasidan olib kelingan 100 dona avtobuslarning texnik jihatlari, yo‘lovchi tashishdagi imkoniyatlari haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, korxona faoliyatini kengaytirishdagi rejalari haqida so‘z yuritdi.