Transport xizmatini ko‘rsatishn sifatli bo‘lishi lozim

Aholiga sifatli transport xizmatini ko‘rsatishni tashkil etish, tashuvlarda belgilangan tartib-qoidalarga amal qilishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Samarqand viloyat hududiy bo‘limi tomonidan viloyat hududida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Unda inspektorlar tomonidan haydovchilarga yo‘lovchilarga transport xizmatini ko‘rsatishga qo‘yilgan talablarga to‘liq rioya etish hamda yo‘lkira narxlarini asossiz oshirib yubormaslik yuzasidan tushuntirish berilmoqda.
Shuningdek, tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lmasdan aholiga pullik transport xizmatini ko‘rsatuvchi haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda.