Transportchilar xayriya ulashdi

“9-may – Xotira va qadrlash kuni” bayrami arafasida “Shoxruz trans” mas’uliyati cheklangan jamiyati nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun xayriya ulashdi.
Korxona rahbariyati tomonidan Urgut “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyida yashovchilarga bayram dasturxoni yozildi.