Tungi nazorat tadbirlari

Samarqand viloyati transport boshqarmasi xodimlari tomonidan “Yuqori nuqta” yo‘l patrul xizmati maskanida viloyatlararo yo‘nalishlarda harakatlanuvchi avtobuslarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 - yil 4 - noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida”gi hamda 2019 - yil 22 - maydagi “Yo‘lovchilarni avtobusda tashish xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Har bir haydovchi va yo‘lovchilar bilan suhbat o‘tkazilib, karantin qoidalariga qat’iy amal qilish hamda tungi vaqtlarda harakatlanish shartlari tushuntirib o‘tilayapti.
Shuningdek, qo‘shma-reyd tadbirlari davomida litsenziya talab va shartlarini bajarmaslik holatlari aniqlanganda “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarida tekshirishlar o‘tkazish borasidagi faoliyatiga “xavfni tahlil etish” tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablaridan kelib chiqib, tegishli tartibda ma’lumotnomalar rasmiylashtirilmoqda.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati