Tungi vaqtlarda viloyatlararo yo‘lovchi tashishga istisno tariqasida ruxsat berildi

13.09.2021

Shaharlararo va viloyatlararo yo‘lovchi tashishda avtobus haydovchilarining mehnat va dam olish rejimini nazorat qilish qurilmalari (taxograf) hamda yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatish uchun tegishli hujjatlari mavjud bo‘lgan (tender guvohnomasi va litsenziya) avtobuslarda yo‘lovchilarni tungi vaqtlarda tashishga istisno tariqasida 2021 - yil 1 - sentabrdan boshlab ruxsat berildi.

Albatta, bunda tashuvlarda xavfsizlik darajasini, tegishli hujjatlarning mavjudligini o‘rganish hududlarda transport boshqarmalari zimmasiga yuklandi.

 

Viloyatlararo-shaharlararo yo‘nalishlarda harakatlanuvchi avtobuslar viloyat transport boshqarmasi hamda viloyat IIB YHXB tomonidan qo‘shma reyd tadbirlari olib borilayapti.

Qo‘shma-reyd tadbirlarida inspektorlar tomonidan tashuvchilar litsenziya talab va shartlarini, tender kontrakti shartlarini bajarishlari nazoratga olingan. Avtobuslarda taxograf, tender guvohnomasi, litsenziya varaqasi mavjudligiga, yo‘lga chiqishdan oldin avtotransport vositasi texnik holati tekshirilganligi va haydovchining tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi haqidagi qaydlar mavjudligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, qo‘shma-reyd tadbirlari davomida litsenziya talab va shartlarini bajarmaslik holatlari aniqlanganda “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarida tekshirishlar o‘tkazish borasidagi faoliyatiga “xavfni tahlil etish” tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablaridan kelib chiqib, tegishli tartibda ma’lumotnomalar rasmiylashtirilmoqda.

Samarqand viloyati transporti boshqarmasi axborot xizmati