“Turizm ko‘chalari”ni bog‘lovchi mikroavtobus yo‘nalishi ochildi

29.06.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqandda shahridagi “turizm ko‘chalari”ni bir-biri bilan bog‘lovchi yangi - 1-sonli “Registon maydoni - Bozorov ko‘chasi” shahar yo‘nalishli taksi yo‘nalishi ochildi. Ahamiyatli jihati shundaki, ushbu yo‘nalish Samarqanddagi turizm maskanlarini gastronomik ko‘chalar bilan bog‘laydi.

 Registon maydonidan boshlangan yo‘nalish Registon, Universitet xiyoboni, Orzu Mahmudov, O‘zbekiston, A.Jomiy, A.Temur, Shohrux Mirzo, Mirzo Ulug‘bek, Ogahiy nomi bilan ataluvchi ko‘chalar orqali Bozorov ko‘chasida yakunlanadi.

 Ushbu yo‘nalishda Changan MIDIBUS G60 rusumli transport vositalari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. “Laziz qurilish nurli vohasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli ushbu transport vositalarida yo‘l kira narxi 3000 so‘mni tashkil qiladi.

 Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati