Unutmang, litsenziyasiz yo`lovchi tashish qonunga xilof!

13.08.2021

Samarqand viloyati transport boshqarmasi xodimlari hamkor tashkilotlar ko‘magida Payariq tumanidagi aholi gavjum nuqtalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 maydagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori yuzasidan tushuntirish - targ‘ibot ishlari olib borishmoqda.

 Unda noqonuniy yo‘lovchi tashishning oqibatlari, berilgan imkoniyatdan unumli foydalangan holda faoliyatni qonuniylashtirish, aholiga transport xizmati ko‘rsatishda belgilangan tartib-qoidalarga amal qilish masalalariga alohida urg‘u berilmoqda.

Hurmatli haydovchilar! Unutmang, litsenziyasiz yo`lovchi tashish qonunga xilof!

Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati