Urgut tumanida qo`shma reyd tadbirlari o`tkazildi

Bugun, 9-avgust kuni Samarqand viloyati transport boshqarmasi hamda viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan Urgut tumanida yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish, xizmat sifatini oshirish hamda tegishli litsenziyaga ega bo‘lmasdan yo‘lovchi tashishga barham berish maqsadida qo‘shma reyd tadbirlari olib borilayotir.
Reydlar davomida yo‘lovchi tashish litsenziyasiga ega bo‘lmasdan aholiga transport xizmati ko‘rsatish holatlari aniqlanganda tegishli tartibda tartibda bayonnoma rasmiylashtirilmoqda.
Hurmatli hayovchilar! Unutmang, avtomobil transportida yo`lovchilarni litsenziyasiz tashish qonunga xilof!
Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati