"Uzbekistan Airways" bayram munosabati bilan chiptalarga 50 foizgacha chegirmalar e’lon qildi

24.08.2021

 «Uzbekistan Airways» AJ Mustaqillik bayramiga bag’ishlab joriy yilning 1 sentyabrdan 5 sentyabriga qadar O’zbekiston Respublikasi bo’ylab amalga oshirilayotgan ichki reyslar aviachiptalariga 30% dan 50% gacha chegirmalarni e’lon qiladi.
Maxsus chegirmalar barcha aviachiptalarga amal qilib, faqat quyidagi shaxslarga taqdim etiladi;

- Yakka tartibdagi yo’lovchilar 30%;
- Turistik guruhlar (5 va undan ortiq kishi), o’quvchilar, kollej, litsey, OTM talabalari, O’zbekiston Respublikasi IIB, MV, DXX, DSQ, DBQ tizimlari talabalari va eshituvchilari va boshqa idoralar uchun 40%;
- Oila uchun 50% (2 va undan ortiq, ya’ni: eru-xotin va ularning 18 yoshdan oshmagan farzandlari, ota va uning 18 yoshdan oshmagan farzandlari yoki ona va uning 18 yoshdan oshmagan farzandlari);
- Nafaqaxo’rlar uchun 50%;
- Nogironligi bor shaxslarga 50%;
- 1941-1945 yillar urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga 50%;
- 1941-1945 yillarda urush frontida ko’rsatgan fidokor mehnati va urush maydonida benuqson harbiy xizmatlari uchun orden va medallar bilan taqdirlanganlar uchun 50%;
- Chernobil AES halokati oqibatlarini oldini olishda ishtirok etgan ishtirokchilar uchun 50%.
Yuqorida ko’rsatilgan chegirmalar chaqaloqlar va 2 yoshga to’lmagan bolalarga amal qilmaydi. 2 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalarga chegirmalardan faqatgina 1 tasini qo’llash mumkin. Chegirmalarni boshqa chegirmalar bilan qo’llash mumkin emas. Yo’lovchilar aviachipta xarid qilayotganlarida shaxsni tasqidlovchi xujjatlarni taqdim etishlari shart.