Vazirliklar, sektorlar, hududiy tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolarning muammolarini "mahallabay" o‘rgangan holda tezkor hal etish maqsadida Samarqand viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi rahbarligida vazirliklar, sektorlar, hududiy tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Samarqand shahar Vatanparvar mahallasidagi "Vatanparvar" bog‘ida o‘tkazilgan ushbu sayyor qabulda Samarqand shahri, Samarqand, Pastdarg‘om va Nurobod tumanlari aholisi qatnashdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining o‘rinbosari J.Choriyev ishtirok etib, transport qatnovini yo‘lga qo‘yish, yangi yo‘nalishlar ochish borasida kelgan fuqarolarning murojaatlarini tingladi. Murojaatchilarning ba’zilariga joyida yechim topilgan bo‘lsa, ba’zilari muddat talab qilgani bois nazoratga olindi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati