Viloyat hududidagi yo‘nalishlar va undagi avtotransport vositalari to‘g‘risida ma’lumot (2022-yil 1-fevral holatiga)

Joriy yilning 1-mart holatiga viloyatda 386 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari, ya’ni 197 ta avtobus va 189 ta yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari mavjud. Shundan 290 ta yo‘nalishda 532 ta avtobus va 2065 ta Damas va mikroavtobuslar aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 96 ta yo‘nalish faoliyati vaqtincha to‘xtab qolgan.
Ushbu yo‘nalishlar past rentabelli hisoblanib, harakatdagi transport vositalari o‘z sarf-xarajatlarini qoplamaganligi sababli tadbirkorlar tomonidan to‘xtatilgan.
Samarqand shahrida 59 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishi mavjud. Shundan 39 ta avtobus va 4 ta yo‘nalishli taksi yo‘nalishida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatilayotgan bo‘lsa, 16 ta avtobus va 2 ta yo‘nalishli taksi yo‘nalishi yo‘lovchilar oqimi kamligi sabab to‘xtab qolgan. Faoliyat ko‘rsatayotgan yo‘nalishlarda 308 ta avtobus va 27 ta mikroavtobus shahar aholisi va mehmonlarga transport xizmati ko‘rsatmoqda.
Shahar atrofida esa 293 ta yo‘nalish mavjud bo‘lib, shundan 38 ta avtobus va 30 ta yo‘nalishli taksi yo‘nalishi vaqtincha ish faoliyatida emas. Faoliyat ko‘rsatayotgan 77 ta avtobus va 148 ta yo‘nalishli taksi yo‘nalishida 189 ta avtobus va 2026 ta mikroavtobus va Damas rusumli transport vositalari xizmat ko‘rsatmoqda.
Viloyat hududidagi shaharlararo 34 ta yo‘nalish mavjud bo‘lib, shundan 27 tasi avtobus hamda 7 tasi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlaridir. Mavjud yo‘nalishlardan 5 ta avtobus va 5 ta yo‘nalishli taksi yo‘nalishi vaqtincha faoliyat yuritmayapti.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati