Viloyatlararo yo`nalishlarda yo`lovchi tashish qay darajada?

Samarqand viloyati transport boshqarmasi xodimlari tomonidan “Yuqori nuqta” yo‘l patrul xizmati maskanida viloyatlararo yo‘nalishlarda harakatlanuvchi avtobuslarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 - yil 4 - noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida”gi hamda 2019 - yil 22 - maydagi “Yo‘lovchilarni avtobusda tashish xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Tadbir davomida yo‘lovchi tashishda belgilangan tartib-qoidalar bilan birgalikda avtomobillarning texnik tomonlari hamda yo‘lovchilar o‘rtasida karantin qoidalariga nechog‘lik amal qilinishi ko‘zdan kechirilmoqda.
Har bir haydovchi va yo‘lovchilar bilan suhbat o‘tkazilib, kаrantin qoidalariga qat’iy amal qilish hamda tungi vaqtlarda harakatlanish shartlari tushuntirib o‘tilayapti.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati