Viloyatlararo yo‘nalishlarda harakatlanuvchi avtobuslar nazoratda


Yo‘lovchi hamda haydovchilarning o‘z manziliga xavf-xatarsiz yetib olishlari, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarning oldini olish maqsadida viloyatlararo-shaharlararo yo‘nalishlarda harakatlanuvchi avtobuslar viloyat transport boshqarmasi hamda IIB YHXB xodimlari tomonidan tungi vaqtlarda ham ko‘zdan kechirilmoqda.
Qo‘shma-reyd tadbirlarida inspektorlar tomonidan tashuvchilar litsenziya talab va shartlarini, tender kontraktida ko‘rsatilgan talablarga amal qilishi o‘rganilmoqda. Avtobuslarda taxograf, tender guvohnomasi, litsenziya varaqasi, yo‘lga chiqishdan oldin avtotransport vositasining texnik holati tekshirilganligi va haydovchining tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi haqidagi qaydlar mavjudligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, qo‘shma-reyd tadbirlari davomida litsenziya talab va shartlarini bajarmaslik holatlari aniqlanganda “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarida tekshirishlar o‘tkazish borasidagi faoliyatiga “xavfni tahlil etish” tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablaridan kelib chiqib, tegishli tartibda ma’lumotnomalar rasmiylashtirilmoqda.
Samarqand viloyati transporti boshqarmasi axborot xizmati