Avtobuslarning 30 foyizi yo‘lovchilar xizmatiga chiqarildi

16.01.2023

Keyingi kunlarda ob-havoning keskin sovib ketishi natijasida aholi xonadonlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida cheklovlar o‘rnatildi. Bu o‘z navbatida shahar jamoat transporti harakatida ham to‘xtalishlarga sabab bo‘ldi.

Vakolatli organlar bilan olib borilgan sa’y harakatlat natijasida shahar avtobus yo‘nalishlarida harakatlanuvchi transport vositalari qisman yoqilg‘i bilan ta’minlandi.

Bugun, 16-yanvar kuni Samarqand shahar jamoat transporti yo‘nalishlarida harakatlanuvchi avtobuslarning 30 foyizi yo‘lovchilar xizmatiga chiqarildi. Vaziyatdan kelib chiqib, oraliq intervallarni cho‘zilishini, ba’zi yo‘nalishlarda avtobus yetishmasligi yuzaga kelganligini bildiramiz.

Samarqand viloyati tranbsport boshqarmasi holatdan kelib chiqib yo‘nalishsiz taksi haydovchilarini yo‘l kira narxlarini keskin oshirmaslikka chaqiradi.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati