XALQARO YUK TAShUVChILAR DIQQATIGA !!!

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 251-moddasiga asosan “Bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan, avariyalar yoki yengib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatlarini tugatish uchun zarur bo‘lgan tovarlarning, shuningdek insonparvarlik yordami sifatida yuborilayotgan tovarlarning, tez buziladigan tovarlarning, tirik xayvonlarning, radioaktiv materiallarning bojxona rasmiylashtiruvi birinchi navbatda va soddalashtirilgan tartibda amalga oshirilishi” belgilangan.
Bugungi kunda mazkur talabning amaliyotda sifatli va to‘laqonli bajarilishi hamda chegara bojxona postlarida bojxona rasmiylashtiruviga ketadigan vaqtlarni teng taqsimlash va tirbandliklarni oldini olish maqsadida Davlat bojxona qumitasi tomonidan e-navbat.customs.uz interaktiv xizmati joriy qilindi (ushbu xizmat bepul).
Hozirgi kunda, ushbu xizmat eksportida rasmiylashtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nisbatan sinov tariqasida qo‘llanilmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, eksportda rasmiylashtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tashuvini amalga oshirayotganda tashuvchilar e-navbat.customs.uz interaktiv xizmati joriy qilinganligi va ushbu xizmatdan foydalanishni tasiya etamiz.
Mazkur xizmatdan foydalanish bo‘yicha tushunmovchilik yoki savollar tug‘ilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasining 66-230-42-42 (ichki 66-24, 66-25) telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati