Xavfsiz va sifatli xizmat ko‘rsatish yo‘lida

Xabaringiz bor, yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatayotgan M1 toifali (Damas rusumli) avtomobillarni bosqichma-bosqich M2 toifali transport vositalariga (mikroavtobuslar va og‘irligi 3,5 tonnagacha bo‘lgan kam sig‘imli avtobuslar) almashtirish yuzasidan tashuvchi korxonalar rahbarlariga tavsiyalar berilganligi haqida ma’lumot bergandik.
Yo‘lovchilarga sifatli va xavfsiz transport xizmatini ko‘rsatish maqsadida “Arxideya motors” MCHJ tomonidan tez kunlarda 40 ta “Shineray” rusumli transport vositasi olib kelinishi rejalashtirilgan. Bugun ushbu rusumdagi avtomobilning dastlabkisi olib kelindi.
Ushbu transport vositasining yo‘lovchi sig‘imi 11 nafarni tashkil qilib, avtomobil saloni sovutish tizimi bilan jihozlanganligi bilan ahamiyatlidir.