Xizmat sifatini oshirish yo`lida...

Samarqand viloyati transport boshqarmasi hamda viloyat IIB YHXB inspektorlari tomonidan joylarda yo‘lovchilarga transport xizmatini ko‘rsatayotgan yo‘nalishsiz taksilarning bugungi kundagi ahvolini o‘rganish maqsadida olib borayotgan reyd tadbirlari davom etmoqda.
Tadbirda transport vositalarining karantin qoidalariga rioya qilishi, texnik va sanitar holatiga e’tibor qaratilishi bilan birgalikda litsenziya varaqasi, yo‘l varaqasi hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi o‘rganilmoqda.
Shuningdek, haydovchilarga yo‘l-harakati qoidalariga qat’iy rioya etish, avtotransport vositalarini texnik soz holatda boshqarish, yo‘lovchilar qo‘pol munosabatda bo‘lmaslik lozimligi tushuntirilayotir.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati