Xizmat sifatli bo'ishi lozim

Ijtimoiy tarmoqlarda 71-sonli shahar avtobus yo‘nalishlaridagi transport vositalarida yunalishdan chiqish holatlari uchrayotganligi yuzasidan murojaat tarqaldi. Jamoat transportida xizmat sifatini oshirishi maqsadida viloyat Transport boshqarmasi xodimlari tomonidan yo‘nalishda xizmat ko‘rsatuvchi “Samarqand Hamkor Trans” MCHJ rahbariyati bilan birgalikda haydovchilar o‘rtasida holat muhokama qilindi.
Muhokama chog‘ida yo‘lovchilarning e’tirozlariga sabab bo‘luvchi omillarga chek qo‘yish, jamoat transportida sifat darajasini oshirish zarur ekanligi ta’kidlandi.
Shu bilan birgalikda kasb etikasi, yo‘l harakati qoidalariga amal qilish, yo‘lovchilar bilan xushmuomalada bo‘lish yuzasidan tavsiyalar berildi.