Xodimlar sinovdan o`tkazildi

Davlat tashkilotlari xodimlarining amaldagi Qonun va qonunosti hujjatlari, shuningdek qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlardan xabardorligi va bu boradagi bilimlarini muntazam oshirib borishi davr talabidir. Ayniqsa, o‘z faoliyati davomida fuqarolar hamda tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta’minlash o‘ta muhim jihatlardan.
Vaziyatga qonuniy baho berish, shuningdek huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish har bir davlat tashkiloti xodimining burchidir. Shuning uchun xodimlarni o‘z kasbini sidqidildan bajarishini, huquqiy bilim darajasini sinovdan o‘tkazish maqsadida ularni attestatsiyadan o‘tkazilishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining tegishli nizomiga asosan Samarqand viloyati Transport boshqarmasi xodimlarining kasbiy malakasi, bilim va ko‘nikmalari attestatsiyadan o‘tkazildi.
Xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonida nizomda belgilangan talablardan kelib chiqqan holda yuksak talabchanlik, prinsipiallik va o‘z xizmat vazifasiga doir hamda huquqiy bilimlari xolisona baholandi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati