YAKKA TARTIBDA YO‘LOVCHI TASHISH BILAN SHUG‘ULLANUVCHI JISMONIY SHAXSLARGA YO‘LOVCHILARNI AVTOMOBIL TRANSPORTIDA TASHISH FAOLIYATI DOIRASIDA TARG`IBOT TADBIRLARI O`TKAZILDI

29.09.2021

Samarqand viloyati transport boshqarmasi xodimlari hamkor tashkilotlar ko‘magida Oqdaryo tumanidagi aholi gavjum nuqtalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 maydagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori yuzasidan tushuntirish - targ‘ibot ishlari olib borildi.

Unda noqonuniy yo‘lovchi tashishning oqibatlari, berilgan imkoniyatdan unumli foydalangan holda faoliyatni qonuniylashtirish, aholiga transport xizmati ko‘rsatishda belgilangan tartib-qoidalarga amal qilish masalalariga alohida urg‘u berildi.

Qarorga asosan jismoniy shaxslar quyidagi talablar asosida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin.

Yo‘lovchilarni haydovchidan tashqari to‘rttadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega bo‘lgan yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati litsenziya varaqasiga asosan amalga oshiriladi. 21 yoshga to‘lgan va boshqaruvida arizani berish vaqtida 10 yildan ortiq bo‘lmagan vaqt davomida ekspluatatsiya qilinayotgan avtomobil transporti mavjud bo‘lgan jismoniy shaxslar litsenziya varaqasini «Litsenziya» axborot tizimi orqali olishi mumkin.

Yakka tartibda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarga yo‘lovchilarni avtomobil transportida tashish faoliyati doirasida xodimlarni ishga yollashga ruxsat etilmaydi.

Hurmatli haydovchilar! Unutmang, litsenziyasiz yo`lovchi tashish qonunga xilof!

Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati