YAKKA TARTIBDA YO‘LOVCHI TASHISH BILAN SHUG‘ULLANUVCHI JISMONIY SHAXSLARGA YO‘LOVCHILARNI AVTOMOBIL TRANSPORTIDA TASHISH FAOLIYATI DOIRASIDA XODIMLARNI ISHGA YOLLASHGA RUXSAT ETILMAYDI

Talab va takliflaridan kelib chiqib, avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni soddalashtirish, sohada yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021-yil 7-mayda “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi. Endilikda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxslar yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanishiga ruxsat berildi.
Qarorga asosan jismoniy shaxslar quyidagi talablar asosida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin.
Yo‘lovchilarni haydovchidan tashqari to‘rttadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega bo‘lgan yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati litsenziya varaqasiga asosan amalga oshiriladi. 21 yoshga to‘lgan va boshqaruvida arizani berish vaqtida 10 yildan ortiq bo‘lmagan vaqt davomida ekspluatatsiya qilinayotgan avtomobil transporti mavjud bo‘lgan jismoniy shaxslar litsenziya varaqasini «Litsenziya» axborot tizimi orqali olishi mumkin.
Yakka tartibda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarga yo‘lovchilarni avtomobil transportida tashish faoliyati doirasida xodimlarni ishga yollashga ruxsat etilmaydi.
Ushbu qarorning mazmun mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida viloyat transport boshqarmasi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda joylarda tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borishmoqda.
Noqonuniy yo‘lovchi tashishning oqibatlari, berilgan imkoniyatdan unumli foydalangan holda faoliyatni qonuniylashtirish, aholiga transport xizmati ko‘rsatishda belgilangan tartib-qoidalarga amal qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Hurmatli haydovchilar! Unutmang, litsenziyasiz yo`lovchi tashish qonunga xilof!
Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati