Yengil va yuk tashuvchi avtotransport vositalaridan chiqayotgan zaharli moddalarni 80 foizgacha kamaytirish mumkin

22.02.2024

Samarqand viloyati transport boshqarmasida avtomobillardan tabiatga chiqayotgan gazlarni kamaytirish bo‘yicha “Aurum Ramus Max-L” MCHJ taqdimot o‘tkazdi.

Koreya Respublikasi ishlab chiqarilayotgan, dunyoning bir qancha mamlakatlarida tajribadan o‘tgan va amaliyotda foydalanilayotgan DCM “Ekologik yoqilg‘i va chiqindilarni kamaytirish tizimi” dizel, benzin va siqilgan va suyultirilgan gazda harakatlanuvchi transport vositalari uchun mo‘ljallangan.

Taqdimot davomida avtotransport vositalaridan chiqayotgan zaharli moddalarni 80 foizgacha va yoqilg‘i xarajatini 25-30 foiz miqdorida kamaytirishga xizmat qilishi hamda mahsulot narxlari haqida ma’lumot berildi.

Mazkur qurilma yo‘lovchi tashish avtobuslaridan biriga sinov tariqasida o‘rnatildi.