Yo`lovchi tashish sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub`yektlari diqqatiga!

29.03.2022

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʼgʼrisida”gi PF-60-son Farmoni ijrosi hamda mamlakatda ekologik xavfsizlikni taʼminlash, ekologik vaziyatni yaxshilash va qulay ekologik holatni barqaror saqlash maqsadida jamoat transportida elektromobillar ommabopligi muhim hisoblanadi.

Shu bois, bugungi kunda Oʼzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan elektromobillar ishlab chiqaruvchi va ularni yetkazib beruvchi turli kompaniyalar bilan muloqot olib borilmoqda.

Mazkur sohada, “SYNCERUS” MChJ oʼz xizmatlar bozorini taklif etib, tadbirkorlik subʼektlari bilan oʼzaro ishonchli hamkorlik qilish istagini maʼlum qilgan.

Agar siz o`z avtosaroyingizni zamonaviy rusumdagi elektomobillar yoki elektrobuslar bilan to`ldirmoqchi bo`lsangiz “SYNCERUS” MChJ xizmatlaridan foydalanishni tavsiya qilamiz.

Batafsil ma`lumotlarni +998(99) 306 22 77, +998(88) 133 22 77 telefon raqamlari yoki www.synce.uz saytida olishingiz mumkin.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati