Yo`nalishli taksilar faoliyati o`rganildi

Jamoat transportida karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilinishini nazoratga olish, haydovchi va yoʼlovchilar oʼrtasida keng qamrovli tushuntirish targʼibot ishlarini yoʼlga qoʼyish maqsadida viloyat transport boshqarmasi “Аvtomobillarda tashuvlar xavfsizligini taʼminlash yuzasidan nazorat qilish boʼlimi” inspektorlari Samarqand shahrini tumanlar bilan bogʼlovchi yoʼnalishlarda yoʼnalishli taksi (Damas, Mikroavtobus) lar faoliyati yuzasidan nazorat tadbirlari olib borishdi.
Unda yoʼlovchilar oʼrtasida karantin qoidalariga qatʼiy amal qilishni targʼib qilish bilan birgalikda yoʼnalishli taksilarning meʼyoriy hujjatlari ham koʼzdan kechirildi. Yoʼl varaqasi, yoʼlovchi tashish faoliyatiga ruxsat beruvchi litsenziya, yoʼnalish sxemasi shular jumlasidandir. Tegishli hujjatlarga ega boʼlmasdan yoʼlovchi tashish faoliyati bilan shugʼullanuvchi yoʼnalishli taksi haydovchilariga belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirib, kelgusida bunday kamchiliklarga yoʼl qoʼymaslik choralari belgilandi.
Аyniqsa, nazorat tadbirlari davomida avtotransport vositalarining dezinfektsiya jarayoni, sanitar holati koʼzdan kechirilib, haydovchilarga yoʼl qoʼyilgan kamchiliklarni bartaraf qilish vazifasi yuklandi. Yoʼlovchilarning noroziligiga sabab boʼluvchi omillarni keltirib chiqarmaslik, faoliyat davomida belgilangan tartib-qoidalarga amal qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati