yo‘l kira narxini sun’iy ravishda oshirmaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda

04.01.2023

Samarqand viloyati transport boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyatlararo yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalarining haydovchilari o‘rtasida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish borasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Unda yo‘l harakati qoidalariga jiddiy e’tibor qaratish, yolovchi tashish qoidalariga to‘liq riya qilgan holda harakatylanish hamda yo‘l kira narxini sun’iy ravishda oshirmaslik yuzasidan tushuntirish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, targ‘ibot ishlari davomida avtobuslar saloni ko‘zdan kechirilib, yo‘lovchilarning fikri o‘rganilmoqda.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati