Yo‘lovchi tashish sohasida bo‘lib o‘tadigan ochiq tenderga marhamat!

03.11.2023

Yo ochiq tenderga marhamat!

 Samarqand viloyati hududidagi shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi.

Ochiq tender joriy yilning 7-dekabr kuni soat 17.00da bo‘lib o‘tadi.

Tenderga qo‘yilgan lotlar:

 

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish turi

Shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari

 

1. 

SHYT- 216

Kattaqo‘rg‘on ABB - Ingichka qo‘rg‘oni

Yo‘nalishli taksi

2. 

SHYT- 218

Qo‘shrabot ABB - Jo‘sh qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

3. 

SHYT- 228

Oqtosh shahri – Kattaqo‘rg‘on ABB

Yo‘nalishli taksi

4. 

SHYT- 229

Kattaqo‘rg‘on ABB-Kattako‘rpa qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

5. 

SHYT- 232

Ishtixon shahri – Fayzobod qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

6. 

SHYT- 247

Ziyovuddin shaharchasi-Fay mahallasi

Yo‘nalishli taksi

7. 

SHYT- 268

Ziyovuddin shaharchasi-Boltali qishlog‘i-Mirbozor ABB

Yo‘nalishli taksi

8. 

SHYT- 269

Qo‘shrabot ABB - Zarkent qo‘rg‘oni

Yo‘nalishli taksi

9. 

SHYT- 285

Ziyovuddin shaharchasi - Mirbozor ABB

Yo‘nalishli taksi

10. 

SHYT- 286

Olmazor qishlog‘i - Dehqonobod bozori (Jomboy tumani)

Yo‘nalishli taksi

11. 

SHYT- 291

Jomboy shahri - Qiyot qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

12. 

SHYT- 302

Ulus qishlog‘i - Nurobod ABB

Yo‘nalishli taksi

13. 

SHYT- 314

Jomboy dehqon bozori - Bulung‘ur ABB

Yo‘nalishli taksi

14. 

SHYT- 317

Oqsoy qishlog‘i - Nurobod ABB

Yo‘nalishli taksi

15. 

SHYT- 321

Chelak shahri - Yangiobod mahallasi

Yo‘nalishli taksi

16. 

SHYT- 337

No‘sh qishlog‘i – Shayman qishlog‘i (Jomboy tumani)

Yo‘nalishli taksi

17. 

SHYT- 338

Xitoy qishlog‘i – Shayman qishlog‘i (Jomboy tumani)

Yo‘nalishli taksi

18. 

SHYT- 339

Nogaxon qishlog‘i – Shayman qishlog‘i (Jomboy tumani)

Yo‘nalishli taksi

19. 

SHYT- 357

Juma ABB - Qorayantoq qishlogi

Yo‘nalishli taksi

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” NIZOMga muvofiq:

- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi (99 000 so‘m) miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB Ipoteka bank Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma’lum qilinadi.

Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi.

Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00 (234).