YO‘LOVCHI TASHISH SOHASIDA OCHIQ TENDER TANLOVIGA MARHAMAT!

2022-yil 20-dekabr kuni Samarqand viloyati hududidagi shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda OCHIQ TЕNDЕR o‘tkaziladi.
Ushbu Ochiq tenderda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taklif berishingiz mumkin:
№ |
Yo‘nalish raqami |
Yo‘nalish nomi |
Yo‘nalish turi |
Shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari |
|||
1 |
SHAY-205 |
Urgut ABB – Toyloq tuman markazi – Siyob ABB |
Avtobus |
2 |
SHAY-206 |
Urgut ABB – Baxrin qishlog‘i – Siyob ABB |
Avtobus |
3 |
SHAY-209 |
Urgut yuqori masjid – Urgut ABB |
Avtobus |
4 |
SHAY-210 |
Urgut yuqori bozor – Savg‘on qishlog‘i – Siyob ABB |
Avtobus |
5 |
SHAY-214 |
Sohibkor mahallasi – Mirbozor ABB |
Avtobus |
6 |
SHAY-225 |
Shohi Zinda ABB – G‘o‘bdin qishlog‘i (Jomboy tumani) |
Avtobus |
7 |
SHAY-226 |
Shohi Zinda ABB – Navro‘ztepa qishlog‘i (Jomboy tumani) |
Avtobus |
8 |
SHAY-241 |
Ziyovuddin shaharchasi – Qarnab qishlog‘i |
Avtobus |
9 |
SHAY-265 |
Shohi Zinda ABB – Oqqo‘rg‘on qishlog‘i – Chelak shahri |
Avtobus |
10 |
SHAY-269 |
Mirbozor ABB – Arabxona qishlog‘i |
Avtobus |
11 |
SHAY-315 |
Shohi Zinda ABB – Sherqo‘rg‘on qishlog‘i (Jomboy tumani) |
Avtobus |
12 |
SHAY-315a |
Shohi Zinda ABB – Davchar qishlog‘i (Jomboy tumani) |
Avtobus |
13 |
SHAY-319 |
Shohi Zinda ABB – Ayg‘irbuloq qishlog‘i (Jomboy tumani) |
Avtobus |
14 |
SHAY-438 |
Mirbozor ABB – Oybek mahallasi – Bo‘ston mahallasi |
Avtobus |
15 |
VH-516 |
Hazora ABB – Ag‘ron qishlog‘i (Nurobod tumani) |
Avtobus |
Shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari |
|||
1 |
SHYT-261 |
Bulung‘ur ABB-Kattaqishloq mahallasi |
Yo’nalishli taksi |
2 |
SHYT-262 |
Bulung‘ur temiryo‘l bekati – Bog‘bon mahallasi (Bot-bot q) |
Yo’nalishli taksi |
3 |
SHYT-294 |
Bulung‘ur ABB-Yangiobod qishlog‘i |
Yo’nalishli taksi |
4 |
SHYT-380 |
Siyob ABB-Chorbog‘tepa mahallasi-Urgut ABB |
Yo’nalishli taksi |
5 |
SHYT-440 |
Qorasuv massivi – Ehtiyot qismlar bozori |
Yo’nalishli taksi |
Shaharlararo viloyat ichki yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari |
|||
1 |
VXYT-553E |
Shohi Zinda ABB-Ishtixon shahri |
Yo‘nalishli taksi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida belgilangan talablarga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:
- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;
- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).
Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi (90 000 so‘m) miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.
Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma’lum qilinadi.
Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.
Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.
Viloyatda tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ - O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00(234).
Samarqand viloyati transport Axborot xizmat