Yo‘lovchi tashish sohasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yuridik shaxslar diqqatiga!

2022-yil 19-aprelda Samarqand viloyati hududidagi shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha elektron tarzda OCHIQ TЕNDЕR o`tkaziladi. Elektron tarzda o`tkaziladigan ochiq tenderga quyidagi yo‘nalishlar qo‘yilgan:
№ |
Yo‘nalish raqami |
Yo‘nalish nomi |
Yo‘nalish turi |
Shahar avtobus yo‘nalishlari |
|||
1. |
SHA-1 |
“Temiryo‘l ABB – Konigil qishlog‘i” |
Avtobus |
2. |
SHA-9 |
“Ipak yo‘li bozori-Gulobod qo‘rg‘oni” |
Avtobus |
3. |
SHA-20 |
“Temiryo‘l ABB – Sho`rboyi qishlog‘i” |
Avtobus |
4. |
SHA-24 |
“Hazora ABB-Dashti So‘xta qishlog‘i” |
Avtobus |
5. |
SHA-44 |
“Sattepo maskani-Siyob ABB” |
Avtobus |
6. |
SHA-51 |
“Sattepo maskani-Samarqand ABB” |
Avtobus |
7. |
SHA-52 |
“So‘g‘diyona maskani-Samarqand ABB” |
Avtobus |
8. |
SHA-73 |
“Temiryo‘l ABB-Siyob ABB” |
Avtobus |
9. |
SHA-256 |
“Shirin qo‘rg‘oni-Hazora ABB” |
Avtobus |
Shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishi |
|||
1. |
SHYT-213 |
“Hazora ABB-Charxin suv chiqarish joyi” |
Yo‘nalishli taksi |
Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga ruxsat beriladi.
Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi.
Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).
Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi (81 000 so‘m) miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) amalga oshirib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.
Eslatma: Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma’lum qilinadi.
Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.
Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.
Samarqand viloyatida tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ - O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00(234)
Samarqand viloyati transport Axborot xizmati