Yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari uchun navbatdagi ochiq elektron tender!

12.03.2024

Hurmatli tadbirkorlar! Aholining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida quyidagi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari ochiq elektron tenderga qo‘yildi. Yo‘lovchi tashish sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan barcha yuridik shaxslarni tenderda qatnashish uchun taklif etamiz.

Sohada shaffoflikni ta’minlash maqsadida tender ochiq elektron tarzda 2024-yil 16-aprel kuni o‘tkaziladi.

Unda qatnashish uchun https://e-tender.uztrans.uz/ elektron manzili orqali 2024-yil 15-aprel soat 17.00ga qadar yo‘nalishlarga taklif bildirilishi lozim.

Marhamat, tenderda qatnashing va sohada tadbirkorlik qilish orqali daromad ko‘ring.

Tenderga qo‘yilgan lotlar: 

 

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish turi

Shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari

1. 

SHAY-226

Shohi Zinda ABB – Navro‘ztepa qishlog‘i

Avtobus

2. 

SHAY-262

Bulung‘ur elektr tarmoqlari - Beshqo‘ton qishlog‘i

Avtobus

3. 

SHAY-365

Shohi Zinda ABB – “Amir Temur” mahallasi (Jomboy tumani)

Avtobus

4. 

SHAY-369

Payariq ABB – Nakurt mahallasi

Avtobus

5. 

SHAY-372

Juma ABB - “Yangi qishloq” qishlog‘i

Avtobus

6. 

SHAY-378

Yangijoy mahallasi - Samarqand tuman shifoxonasi

Avtobus

7. 

SHAY-390

Bulung‘ur ABB - G‘o‘bdin qishlog‘i

Avtobus

8. 

SHAY-433a

Ko‘ksaqol qishlog‘i (Oqdaryo tumani) – Loyish shaharchasi

Avtobus

9. 

SHAY-490

Bulung‘ur ABB -Qoramuyin qishlog‘i

Avtobus

Shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari

10. 

SHYT-211

Urgut ABB-Komangaron qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

11. 

SHYT-215

Hazora ABB - Uklon qishlog‘i (Pastdarg‘om tumani )

Yo‘nalishli taksi

12. 

SHYT-260

Urgut yuqori masjid – “Navoiy” xo‘jaligi

Yo‘nalishli taksi

13. 

SHYT-350

Juma ABB – Ravot qishlog‘i (Pastdarg‘om tumani )

Yo‘nalishli taksi

14. 

SHYT-401

Urgut ABB – Muminobod qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

15. 

SHYT-410

Payariq ABB - Chelak shaharchasi

Yo‘nalishli taksi

Shaharlararo viloyat ichki yo‘nalishli taksi yo‘nalishi

16. 

VHYT-553e

Samarqand ABB – Ishtixon shaharchasi

Yo‘nalishli taksi

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOMga muvofiq:

- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB Ipoteka bank Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma'lum qilinadi.

Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi.

Ma'lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00(234).