“Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasida o‘rganish o‘tkazildi

11.04.2025

Samarqand viloyati prokurori boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan Davlatimiz rahbarining “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora- tadbirlar to‘g‘risida” Farmoni ijrosi yuzasidan yo‘lovchi tashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Samarqand viloyati transport boshqarmasi muassisligidagi “Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasida o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida viloyat prokurori Murodqosim Eshnazarov tomonidan jamoat transportida kissavurlik va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa jinoyatlarning oldini olish maqsadida avtobuslarni kuzatuv kameralari va SOS tugmalari bilan jihozlash hamda GPS trekerlarini o‘rnatish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.