Yo‘lovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar uchun o‘quv seminar o‘tkazildi

18.04.2025

Xabaringiz bor, avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini tartibga solish va litsenziyalash tartib-taomillarini takomillashtirish, aholiga bu borada qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shuningdek, mazkur yo‘nalishda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini, raqamlashtirish darajasini, yo‘lovchi tashish xavfsizligi hamda aholi bandligini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-aprelda “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.

 

Qarorga asosan elektron tijorat operatorlari, shu jumladan, tashuvchilarga mijozlarni izlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi agregatorlar faoliyatini amalga oshirishi uchun xabardor qilish tartibi joriy qilinishi, elektron tijorat subyektlari reyestri O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan yuritilishi, elektron tijorat operatorlari faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshirish uchun talab va shartlar belgilangan.

 

Samarqand viloyati transport boshqarmasida tashuvchilarga mijozlarni izlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi agregatorlarga mazkur qarorning mazmun mohiyati o‘quv seminar o‘tkazildi.

 

Unda yo‘lovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga qaror talablaridan kelib chiqib faoliyat olib borish lozimligi aytib o‘tildi.