Yo‘lovchining ham majburiyatlari bor!

10.05.2024

#Munosabat

 Joriy yilning 8-may kuni Facebook tarmog‘ining “Потребители Самарканда” guruhida “avtobus haydovchisi qo‘pollik qildi” mazmunida murojaat tarqaldi.

 Mazkur murojaatdagi holat “Samarqandyo‘lovchitrans” DKga tegishli, davlat raqami belgisi 30/852 TBA bo‘lgan avtobusning kuzatuv kameralaridagi qaydlar orqali o‘rganib chiqildi. Qaydlardan ma’lum bo‘lishicha, yo‘lovchi avtobusning old eshigi, haydovchiga yaqin bo‘lgan joyda telefon orqali baland ovozda gaplashgan. Haydovchining yo‘lovchiga past ovozda suhbatlashish bo‘yicha bergan tanbehidan so‘ng, o‘zaro kelishmovchilik yuzaga kelgan.

 Holat yuzasidan “Samarqandyo‘lovchitrans” DK rahbariyati tomonidan haydovchi R.U.ga yo‘lovchilar bilan samimiy munosabatda bo‘lish lozimligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

 

Shu o‘rinda aholidan jamoat transportidan foydalanganda jamoat tartibiga rioya etishlari, avtobus saloniga kirish/chiqish eshiklari oldida turib, boshqa yo‘lovchilarga xalaqit bermasliklari, telefonda yoki o‘zaro past ovozda suhbatlashish so‘raladi.

 

Eslatma: Avtobusning kuzatuv kameralaridagi qaydlarda haydovchi tomonidan yo‘lovchiga qo‘l kutarish holati yoki uning sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatilganligi aniqlanmadi.

 

Samarqand viloyati transport boshqarmasi