Yo‘nalishda nazorat o‘rnatilgan

01.02.2023

Bugun, 1-fevral kuni Samarkand & Самаркандцы telegram guruhida 35 va 8-raqamli shahar avtobus yo‘nalishlarida harakatlanuvchi transport vositalarining so‘ngi bekatga bormasdan Dahbed va Rudakiy nomli ko‘chalar kesishmasidan ortga qaytayotganligi yuzasidan murojaat tarqaldi.

Mazkur murojaat viloyat transport boshqarmasi tomonidan tezkor o‘rganib chiqildi. Ayni vaqtda yuqorida raqami keltirilgan yo‘nalishlarda avtobuslar belgilangan chizma orqali harakatlanmoqda. Faqatgina yoqilg‘isi tugash arafasida bo‘lgan ba’zi avtobuslar Qorasuvdan Dahbet va Rudakiy kesishmalarigacha kelib, so‘ngra AGTKSH tomon harakatlangan.

Boshqarma inspektorlari tomonidan haydovchilar bilan suhbat o‘tkazilib, imkon qadar yo‘lovchilarni manziliga yetkazish talab qilinmoqda.

Ushbu yo‘nalishda nazorat o‘rnatilgan.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati