YO‘NALISHSIZ TAKSI SOHASIDA FAOLIYAT OLIB BORAYOTGAN BARCHA YURIDIK TASHUVCHILAR DIQQATIGA !

04.01.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-maydagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida yo‘lovchi tashishda foydalanilayotgan avtotransport vositalarining rangi (sariq) va maxsus seriyali davlat raqami belgisi (TT) bo‘yicha o‘rnatilgan amaldagi talablar 2023-yil 1-yanvarga qadar to‘xtatib turish belgilangan edi.

Shunga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan boshlab aholiga yo‘nalishsiz taksi xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari (Yuridik shaxslar)dan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi “Yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablariga to‘liq rioya etilishlarini so‘raymiz.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 139-son qaroriga muvofiq yo‘nalishsiz taksilarni tashqi ma’lumotlar bilan jihozlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. avtotransport vositasining tepasiga o‘rnatilgan to‘q sariq rangli fonarga «TAXI» tanish belgisini o‘rnatish;
  2. shaxmat tartibida joylashtirilgan qora kvadratlardan iborat bo‘lgan kompozitsiya va avtotransport vositasining oldingi eshiklaridagi «T» harflari;
  3. avtotransport vositasining oldingi eshiklaridagi yuridik shaxs - tashuvchining nomi;
  4. d) yo‘nalishsiz taksilar uchun mo‘ljallangan maxsus seriyadagi avtotransport vositasining davlat raqami belgisi;
  5. e) yo‘nalishsiz taksilar sifatida ishlashga sariq rangli(Toshkent shahri uchun - «fil suyagi» rangidagi)avtotransport vositalari qo‘yiladi. Yo‘nalishsiz taksilarni talab qilinadigan rangga bo‘yash avtotransport egasi tomonidan, texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida amalga oshiriladi. Yo‘nalishsiz taksi rangini qonunchilikda talab qilingan rangga muvofiq holga keltirish uchun ularni bo‘yamasdan, o‘zi yelimlanadigan materiallardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.

Yo‘nalishsiz taksilarni ichki ma’lumotlar bilan jihozlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

- old oynaning yuqoridagi o‘ng burchagiga joylashtirilgan yashil rangli yoritish chirog‘i;

- avtotransport vositasining davlat raqami belgisi, haydovchining familiyasi, ismi, otasining ismi va fotosurati, ish vaqtining boshlanishi va tugashi, yo‘lkira qiymati (so‘mlarda), tashuvchining manzili va telefon raqami, litsenziya kartochkasining raqami va amal qilish muddati to‘g‘risidagi, shuningdek majburiy sug‘urta qilinganligi haqidagi ma‘lumotnoma. Tablichka avtotransport vositasi priborlari paneliga, yo‘lovchilar bemalol o‘qiy oladigan holatda o‘rnatiladi;

- hisoblagich (taksometr);

- belgilangan tartibda sotib olinadigan va foydalaniladigan radioaloqa vositasi.

- hisoblagich-taksometrlar va radioaloqa vositalari almashtiriladigan priborlarning funksiyalarini ta’minlaydigan maxsus ilovali qurilmalarga (uyali telefonlar, planshetlar, elektron to‘lov tizimlari) almashtirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi “Yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 139-son qaror talablaridan kelib chiqib, 2023-yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxslar tomonidan yo‘nalishsiz taksilarga litsenziya varaqasi rasmiylashtirishda mazkur qaror talablariga rioya etilishi nazoratga olinadi.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati