«Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha «Dolzarb 30 kun» tadbiri o‘tkazildi

03.08.2023

Samarqand viloyati transport boshqarmasida viloyat FVB tomonidan “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun” profilaktik tadbirining maqsad va mohiyati yuzasidan tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.

 

Unda favqulodda xavflarning oldini olish, yong‘in sodir bo‘lganda qay tartibda harakatlanish, cho‘milish havzalarida qoidalarga rioya qilish, aks holda ko‘ngilsiz holatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan jihatlar misollar tariqasida tushuntirildi.

 

Shuningdek, tadbir davomida birlamchi o‘t o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

 

Hurmatli hamyurtlar va yurtimiz mehmonlari! 2023-yil 10-iyuldan 10-avgustga qadar yurtimizda “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Dolzarb 30 kun” tadbiri o‘tkaziladi. Ushbu tadbirda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.