YUK TASHISH FAOLIYATI BILAN SHUG`ULLANUVCHI BARCHA AVTOKORXONALAR DIQQATIGA !!!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2022-yil 17-may kuni “Respublika tovar-xom ashyo birjasida savdolarni ko‘paytirish, sohada xususiy sektor ishtirokini kengaytirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bir qator ustuvor vazifalar berilgan edi.
Jumladan, “davlat ro`yxatidan o`tgan yuk tashuvchi transport korxonalarini birjaning e-logistika.uzex.uz elektron logistika xizmati portalidan akkredatsiyadan o`tkazilishini va birja savdolarida faol qatnashishini ta`minlash vazifasi belgilangan.
Viloyatda mavjud bo‘lgan va davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuk tashuvchi transport korxonalariga birjaning e-logistika.uzex.uz elektron logistika xizmati portalidan akkreditatsiyadan o‘tishlarini va birja savdolarida faol qatnashishlarini tavsiya etamiz.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati