Yuk tashish qoidalarini qo‘pol ravishda buzish holatlari ham o‘rganilmoqda

Xorijiy tashuvchilarga tegishli bo‘lgan, shu jumladan ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirilgan avtotransport vositalarida yo‘lovchilar va yuklarni respublika hududida joylashgan punktlar o‘rtasida tashish ta’qiqlanadi.
Shunga ko‘ra, viloyat transport boshqarmasi tomonidan IIB YHXB bilan hamkorlikda tashuvlarni nazorat qilish borasida o‘tkazilayotgan qo‘shma reyd tadbirlari davomida yuk tashish qoidalarini qo‘pol ravishda buzish holatlari ham o‘rganilmoqda.
Reydlar davomida xorijda tirkamalar bilan tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lmasdan turib viloyatlararo yuk tashuvlarni amalga oshirayotgan avtotransport vositalari aniqlanmoqda.
Aniqlangan holatlar yuzasidan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib borilyapti.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati