“Yuqori nuqta” yo‘l patrul xizmati maskanida nazorat tadbirlari

Samarqand viloyati transport boshqarmasi hamda viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan “Yuqori nuqta” yo‘l patrul xizmati maskanida viloyatlararo yo‘nalishlarda harakatlanuvchi avtobuslarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 - yil 4 - noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida”gi hamda 2019 - yil 22 - maydagi “Yo‘lovchilarni avtobusda tashish xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tungi nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Unda haydovchi va yo`lovchilar o`rtasida karantin qoidalariga amal qilinishi, tungi vaqtlarda yo`lovchi tashishda belgilangan tartibda harakat qililsh kabi holatlar o`rganilmoqda.