“Yuqori nuqta” yo‘l patrul xizmati maskanida nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda

04.10.2022

#Jarayon

Shaharlararo yo‘nalishlarda harakatlanuvchi avtobuslarning belgilangan talablarga rioya qilgan holda harakatlanishi ta’minlash maqsadida viloyat transport boshqarmasi hamda IIB YHXB tomonidan “Yuqori nuqta” yo‘l patrul xizmati maskanida nazorat tadbirlari yo‘lga qo‘yilgan.

Unda inspektorlar litsenziya talab va shartlari ijrosi, tender kontrakti talablarining bajarishlarini ko‘zdan kechirishmoqda. Shuningdek, avtobuslarda taxograf, tender guvohnomasi, litsenziya varaqasi mavjudligiga, yo‘lga chiqishdan oldin avtotransport vositasi texnik holati yuzasidan ko‘rikdan o‘tganligi va haydovchining tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi yuzasidan qaydlar mavjudligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati