“Yuqori nuqta” yo‘l patrul xizmati maskanida qo`shma reyd tadbirlari

30.03.2022

Viloyat transport boshqarmasi tomonidan IIB YHXB bilan hamkorlikda tashuvlarni nazorat qilish borasida o‘tkazilayotgan qo‘shma reyd tadbirlari davomida yuk tashish qoidalarini qo‘pol ravishda buzish holatlari ham uchrab turibdi. Boshqacha aytganda, chet davlatlarda ro‘yxatdan o‘tgan transport vositalari yoki tirkamalar bilan tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lmasdan turib O‘zbekiston Respublikasi hududida viloyatlararo tashuvlarni amalga oshirayotgan avtotransport vositalari aniqlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligiga ko‘ra, xorijiy tashuvchilarga tegishli bo‘lgan, shu jumladan ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirilgan avtotransport vositalarida yo‘lovchilar va yuklarni O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan punktlar o‘rtasida tashish ta’qiqlanadi.

Samarqand viloyati “Yuqori nuqta” yo‘l patrul xizmati maskanida Toshkent shahridan viloyatlarga O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatga olinmagan tirkamalarda yuk tashish holatlari aniqlanib, ularga belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Qo‘shma reyd tadbirlari davom etmoqda.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati