“Yutong” avtobus va mikroavtobuslari Samarqandda

09.09.2022

 

Xabaringiz bor, joriy yilning 15-16 kunlari Samarqand shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi sammiti o‘tkaziladi. Xalqaro tadbirni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun Samarqand shahrida juda katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.

 

Tadbir doirasida yuqori martabali mehmonlarga sifatli transport xizmatini ko‘rsatish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan Zhengzhou Yutong Group Co., Ltd. avtozavodida ishlab chiqilgan “Yutong” rusumli 2 ta avtobus va 40 ta mikroavtobus sovg‘a qilindi.

 

“Yutong” zavodi vakillari tomonidan taqdim etilgan yangi avtobus va mikroavtobuslarni Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev qabul qilib oldi.

 

Tadbirda ikki davlat o‘rtasida barcha sohalarda mustahkamlanib borayotgan aloqalar xususida so‘z yurtilib, mazkur transport vositalari nufuzli sammitning yuksak saviyada o‘tkazilishiga yordam berishi ta’kidlandi.

 

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati