"Yutong" vakillari bilan uchrashuv

09.08.2021

Samarqandda transport tizimini tubdan yangilash, aholiga qulay bo‘lgan jamoat transporti harakatini yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumotlar berib bormoqdamiz.

Bugungi kunda shahar avtobus yo‘nalishlarida aholiga xizmat qilayotgan mavjud transport vositalarini zamonaviy talablarga javob bera oladigan avtobus yoki elektrobuslarga almashtirish vaqti keldi. Endilikdagi vazifa dunyodagi yetakchi avtozavodlarning mahsulotlari bilan tanishish hamda xolisona qaror chiqarishdan iborat. Bugun avtobus ishlab chiqarish borasida dunyoga mashhur zavodlardan birining vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xitoy Xalq Respublikasining Yutong avtozavodi muhandisi Fan Yan janoblari avtotransport sohasida faoliyat olib borayotgan samarqandlik tadbirkorlar bilan uchrashdi. Unda Yutong zavodida ishlab chiqarilayotgan avtobus hamda elektrobuslarning texnik va sifat kafolati yuzasidan ma’lumot berdi. Shu bilan birgalikda elektrobuslar masalasida chuqurroq to‘xtalib, uning texnik jihatlari, kafolat muddati, boshqarishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi yuzasidan batafsil to`xtalib o`tdi.

Muzokara jarayonida tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.