“YUTONG” ZAVODI VAKILLARI SAMARQANDDA


Joriy yilning 29-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida transport tizimini rivojlantirish bo‘yicha rejalar taqdimoti bilan tanishgandi.
Unda aholiga qulaylik yaratish maqsadida yangi avtobuslar olib kelish vazifasi qo‘yilgan edi.
Mazkur taqdimotda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Samarqand viloyati transport boshqarmasida Xitoy Xalq Respublikasidagi “YUTONG” zavodining vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand shahrida jamoat transporti jozibadorligini oshirish maqsadida har tomonlama qulayliklarga ega bo‘lgan avtobuslarning olib kelinishi haqida so‘z bordi. Bu avtobuslar pandus o‘rnatilganligi, nogironlar uchun maxsus joy ajratilganligi, isitish, sovitish tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, olib kelinishi rejalashtirilayotgan avtobuslarga servis xizmat ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati