Yuz ming yo‘lovchini qabul qilish imkoni paydo bo‘ladi

24.12.2021

Samarqand viloyati transport boshqarmasi tomonidan jurnalist va blogerlarni transport tizimida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirish maqsadida Press-tur tashkil etildi.

Unda ishtirokchilar Cho‘ponota massivida qurilishi boshlangan yangi avtovokzal binosi bilan tanishdi.

Press-turda jurnalist va blogerlarga olib borilayotgan ishlar yuzasidan viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari J.Karjavov va “SFCH” MCHJ ish boshqaruvchisi O.Xo‘jayevlar ma’lumot berishdi.

Xitoylik investorlar bilan tuzilgan loyihaga asosan Samarqand avtovokzali to‘rt gektar maydonda quriladi hamda bir kunda yuz ming yo‘lovchini qabul qilish imkoni paydo bo‘ladi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand avtovokzali to‘rt gektar maydonda quriladi. Avtovokzal binosi bilan birgalikda avtomobillarga servis xizmat ko‘rsatish xizmati binosi, savdo do‘konlari, bojxona terminali, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari ham qurilib, foydalanishga topshiriladi.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati