“Zamonaviy avtobuslar tuman yo‘nalishlarida ham qatnaydimi?”

#Munosabat
Joriy yilning 14-yanvar sanasida Zarnews.uz saytida Samarqand shahar jamoat transportidagi kabi tumanlar bilan viloyat markazini bog‘lovchi yo‘nalishlarga yangi avtobuslar joylashtirish masalasi ko‘tarilgan hamda “Kundan-kun oshib borayotgan "probka"larni yo‘qotishning yo‘li ham jamoat transportini rivojlantirish emasmi?” deya savol qoldirilgan.
Jamoat transportidagi muammolarga e’tibor qaratganligi uchun jurnalistlarga minnatdorlik bildiramiz. Zero, tanqid kelajak mevasidir.
Bugungi kunda Samarqand shahrida jamoat transportini rivojlantirish borasida sezilarli darajada natijalarga erishildi. Shahar jamoat transportini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida transport Bosh rejasi ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etilganligi, unda belgilanga yo‘nalishlarga zamonaviy talablarga javob bera oladigan avtobuslar joylashtirilganligini qayd etish lozim. Mazkur transport bosh rejasida Samarqand shahrini Urgut tumani bilan bog‘lovchi M 6-raqamli “Urgut - Universitet xiyoboni” avtobus yo‘naliishi ochish rejalashtirilgan. Ushbu yo‘nalishda ham yangi avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.
Shu o‘rinda tumanlarni viloyat markazi bilan bog‘lovchi avtobus va mikroavtobus yo‘nalishlarida transport vositalari aholi xizmatida ekanligigni ham qayd etish lozim. Jumladan, Samarqand shahrini Bulung‘ur, Jomboy, Urgut, Pastdarg‘om, Nurobod, Kattaqo‘rg‘on, Qo‘shrabot, Payariq tumanlari bilan bog‘lovchi yo‘nalishlarda avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yilgan. Viloyat transport boshqarmasi tomonidan uzoq va chekka hududlarda avtobuslar harakatini tashkil etish hamda mavjudlaridagi harakat tarkibini yangilash borasida tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda yangi avtobuslar xarid qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, viloyat miqyosida mavjud bo‘lgan yo‘nalishli taksi yo‘nalishlaridagi Damas rusumli transport vositalarini bosqichma bosqich mikroavtobuslarga almashtirib borish rejalashtirilgan.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi