0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Haydovchiga intizomiy jazo qo‘llanildi va mehnat shartnomasi bekor qilinishi belgilab qo‘yildi.
Joriy yilning 24-iyul sanasida Zarnews.uz saytida hamda ijtimoiy tarmoqlarda shahar avtobus yo‘nalishlarida harakatlanuvchi avtobusda yo‘lovchiga qo‘pollik qilinganligi yuzasidan murojaat tarqaldi.
Mazkur murojaat Samarqand viloyati transport boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.
Murojaatda ko‘rsatilgan holatga murojaat muallifi M.Shamsiyevaning yordamida, ya’ni to‘lov amalga oshirilgan bank plastik kartasi raqami orqali aniqlik kiritildi.
Aniqlik kiritilishicha, yo‘lovchining e’tiroziga sabab bo‘lgan holat “Samarqand Hamkor trans” MChJga tegishli, davlat raqami belgisi 30/037 BCA bo‘lgan avtobusda sodir bo‘lgan. Aholiga transport xizmatini ko‘rsatishda belgilangan talablar asosida tashuvlarni tashkil etish, harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘lovchilar bilan samimiy munosabatda bo‘lish yuzasidan “Samarqand Hamkor trans” MChJda haydovchilar o‘rtasida tushuntirish-tashviqot ishlari olib borildi. Unda tashuvlarni tashkil etishda belgilangan talablarga qat’iy amal qilish borasida tashuvchi korxona rahbariyati tegishli ko‘rsatmalar hamda jamoat transporti haydovchiga qo‘yilgan talablar bo‘yicha barcha haydovchilar o‘rtasida navbatdan tashqari yo‘riqnoma o‘tkazish vazifasi yuklatildi. Shuningdek, o‘ziga yuklatilgan vazifani sidqidildan bajarish, aks holda keskin choralar ko‘rilishi bo‘yicha haydovchilar ogohlantirildi.
Yo‘l qo‘ygan kamchiliklari hamda talablarga xilof ravishda “konduktor yollaganligi uchun davlat raqami belgisi 30/037 BCA bo‘lgan avtobus haydovchisi N.F.ga “Samarqand Hamkor trans” MChJ rahbariyati tomonidan qonunchilikda belgilangan tarzda intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. Holat qayta takrorlansa, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi yuzasidan haydovchisi N.F. ogohlantirildi.
Samarqand viloyati Transport boshqarmasi jamoatchilik nazorati orqali sohadagi muammolarni yoritgan M.Shamsiyevaga minnatdorlik bildiradi.