“Mulyon” mahallasi hududi orqali bir necha yo‘nalishda avtobus qatnovlarini tashkil etish rejalashtirilgan

Chop etish Sahifani ulashish
25.07.2025 48 Yangiliklar

#Munosabat
“Mulyon” mahallasi hududi orqali bir necha yo‘nalishda avtobus qatnovlarini tashkil etish rejalashtirilgan

Joriy yilning 23-iyul sanasida ijtimoiy tarmoqlarda 87-sonli “Sartepa maskani-Universitet xiyoboni” shahar avtobus yo‘nalishining harakat chizmasiga o‘zgartirish kiritish taklif etilgan murojaat tarqaldi.

Taklif yuzasidan minnatdorlik bildirib, quyidagilarni ma’lum qilamiz:

2025-yil 24-fevralda bo‘lib o‘tgan ochiq elektron tender tanloviga ko‘ra, 87-sonli “Sartepa maskani-Universitet xiyoboni” shahar avtobus yo‘nalishida avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur yo‘nalish Samarqand shahar transport Bosh rejasidan o‘rin olgan, unda 6 ta avtobus harakatlanishi belgilangan. Yo‘nalishga o‘zgartirish kiritish oraliq intervalning oshib ketishiga, bu esa o‘z navbatida yo‘lovchilarning e’tiroziga sabab bo‘ladi. Shuningdek, taklifda ko‘rsatilgan hududda avtobus qatnovlarining parallellik darajasini oshirib yuboradi.

Samarqand shahar, “Mulyon” mahallasi aholisini jamoat transporti bilan ta’minlash maqsadida 55, 55“A”, 64-sonli shahar avtobuslarini tashkil etish Transport Bosh rejasidan o‘rin olgan. Ushbu yo‘nalishlarda jamoat transporti harakatini tashkil etish borasida tadbirkorlik subyektlari hamda moliyaviy tashkilotlar bilan birgalikda avtobuslar xaridi borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.