Samarqand shahar transport Bosh rejasida belgilangan hududlarga o‘rnatish yuzasidan xatlov o‘tkazilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
28.08.2025 42 Yangiliklar

#Munosabat

Bugun, 29-avgust sanasida ijtimoiy tarmoqlarda Buyuk ipak yo‘li va “Mirzo Ulug‘bek” ko‘chalari tutashmasida joylashgan bekat yuzasidan murojaat va taklif tarqaldi.

Holat yuzasidan Samarqand viloyati Transport boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Bugungi kunda Samarqand shahrida joylashgan avtobus bekatlarining holati, ularning tashqi ko‘rinishi, qurilishi lozim bo‘lgan bekatlarning joylashuv nuqtalari hamda foydalanuvchi-yo‘lovchilar oqimi Ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqilmoqda. Shuningdek, hozirda mavjud bekatlarning Samarqand shahar transport Bosh rejasida belgilangan hududlarga o‘rnatish yuzasidan xatlov o‘tkazilmoqda.

Mazkur o‘rganish ishlari yakuni hamda Ishchi guruhning xulosasi natijalariga ko‘ra, murojaatda qayd etilgan bekat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.